OFK kubogi. "So‘g‘diyona" "Xo‘jand"ni yutsa, kim bilan o‘ynaydi?

  • 8 avgust, 2022, 08:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shiddatli o‘tgan guruh bosqichidan so‘ng OFK kubogi pley-off bosqichi uchrashuvlari ham boshlanish arafasida. 9 avgust kuni hal qiluvchi o‘yinlarga start beriladi.

12 jamoa 22 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Pley-off bosqichining ilk o‘yini Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasida Indoneziyaning PSM “Makassar“ klubi va Malayziyaning “Kedah Darul Aman“ jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yin 9 avgust kuni 22:00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Navbatdagi bellashuvda Vetnamning “Vettel“ va Malayziyaning “Kuala-Lumpur“ klublari o‘zaro bahs olib boradi. Mazkur o‘yin 10 avgust soat 21:00 da boshlanadi. Bu uchrashuv g‘olibi yuqoridagi bellashuv g‘olibiga qarshi 24 avgust sanasida navbatdagi bosqichda ro‘baro‘ keladi.

Markaziy Osiyo mintaqasida Tojikistonning “Xo‘jand“ klubi vakillarimiz “So‘g‘diyona“ga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv 17 avgust kuni 18:30 da start oladi.

Ushbu o‘yinda agar hamyurtlarimiz zafar quchsa, Gong-Kong klubi “Istrin Long Laynz“ va Hindistonning “Mohun Bagan“ o‘yini g‘olibi bilan bellashadi.

Keyingi bosqich 6 va 7 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!