Og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatini 6 ta oltin medal bilan yakunladik

CHERY AUTO

Fijining Suva shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati o‘z yakuniga etib bormoqda. Bugun musobaqaning ettinchi kun dasturida terma jamoamizning umidli vakillaridan biri Akbar Jo‘raev o‘z ishtirokini yakunladi.

Tecno

-109 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Jo‘raev dast ko‘tarishda 182 kg, siltab ko‘tarishda 216 kg va ikki kurash bo‘yicha 398 kg natija qayd etdi. Musobaqada ishtirok etgan sportchilar orasida hech bir atlet hamyurtimizning natijasiga yaqinlasha olmadi va polvonimiz jahon chempionatining 3 ta oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Yoshlar o‘rtasida JCh. Fiji, Suva.
Erkaklar, -109 kg.
1. Akbar Jo‘raev (O‘zbekiston) – 398 kg (182 kg + 216 kg)
2. Sangun Xvan (Janubiy Koreya) – 384 kg (174 kg + 210 kg)
3. Daniil Vagaitsev (Rossiya) – 381 kg (175 kg + 206 kg)

Ta’kidlash joiz, bu terma jamoamizning musobaqadagi ikkinchi muvaffaqiyatidir. Kuni kecha -67 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Adhamjon Ergashev ham o‘z vazn toifasida jahonda tengsiz ekanligini namoyish etgan edi. Shuningdek, hamyurtlarimiz bu g‘alabalari bilan Tokio Olimpiadasiga ham qimmatli reyting ochkolarini qo‘lga kiritishdi. Akbar Jo‘raev o‘tgan yili Toshkentda o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi JChda kumush medal bilan cheklangan edi. Bu yil esa ushbu natijani ortig‘i bilan yaxshiladi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dawson Jack
07/06/2019 11:54
O'zi shunaqa sportdagi yigitlarimizga muxlislik qilaverish kerak. Molodes!