Og‘ir atletikachi yigitimiz JCh medali uchun ishtirok etadi

CHERY AUTO

AQShning Las-Vegas shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida JCh start oldi. MOQning xabar berishicha, unda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Tecno

Bugun musobaqaning ikkinchi kun dasturida vakillarimizning birinchi chiqishi bo‘lib o‘tadi. Yigitlar o‘rtasida -55 kg vazn toifasida Og‘abek Nafasov o‘z dasturi bilan vakillarimiz orasidan dastlabki chiqishni amalga oshiradi.

Oltin medal uchun bahs olib boradigan guruhda 13 nafar atlet chiqishi kutilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, vakilimiz medallar uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib, unga Italiya va turkmanistonlik tengqurlari jiddiy raqobat tug‘dirishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!