
OKMK bugun yana bir yangi legioner transferini e’lon qiladi...mi?
Bugun transfer oynasida oxirgi kun. Kechgacha klublar safida yana yangi nomlar paydo bo‘lsa ajab emas. OKMK klubi ham selektsiya ishlarini to‘xtatgani yo‘q.
Kecha albaniyalik hujumchining transferini e’lon qilgandi. Hozirda olmaliqliklar yana bir legioner bilan qizg‘in muzokaralar jarayonida.
Ma’lum bo‘lishicha, xorvatiyalik futbolchiga qiziqish mavjud va agar hammasi ijobiy ko‘rinish olsa, bugun OKMK ushbu legionerni ham e’lon qilishi mumkin. Demak, voqealar rivojini kuzatishad davom etamiz.
Fikrlar