OKMK "Surxon"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi

  • 25 mart, 2023, 23:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OKMK “Do‘rmon”da tashkil etilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Termizning “Surxon” jamoasi bilan kuch sinashdi.

Tecno

30 daqiqadan ikki bo‘limli ikkita o‘yin o‘tkazilgan qarama-qarshilikda OKMK dastlab 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va ikkinchi o‘yinda xuddi shu hisobda mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi. Olmaliqliklar ilk daqiqalarda to‘p nazoratini qo‘lga oldi. Qator hujumlardan so‘ng 18-daqiqaga kelib ajoyib kombinatsiyadan so‘ng Oybek Rustamov uzoq masofadan kuchli zarbasi bilan raqib darvozasiga xavf soldi. 33-daqiqaga kelib OKMK ajoyib kombinatsiya orqali hisobni ochdi. Akramjon Komilovning boshlab bergan hujumini Sanjar Tursunov davom ettirib Xurshid G‘iyosovga mukammal uzatma berdi, G‘iyosov esa o‘zidanda qulayroq vaziyatda qolgan Martin Boakega to‘pni uzatayotganda raqib himoyachisi avtogolga sababchi bo‘ldi – 1:0.

Ikkinchi gol esa 54-daqiqada kiritildi. O‘ng qanotdan Dilshodbek Ahmadalievning havodan oshirib bergan uzatmasini Martin Boake darvozaga to‘g‘irlab qo‘ydi – 2:0!

Shu tariqa ilk uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

25 mart, shanba. “Do‘rmon” qarorgohi stadioni

OKMK – “Surxon” - 2:0

Gollar: Sultonmurodov (33-avt), Boake (54)

OKMK: Ergashev, Ahmadaliev, Ismoilov, Rahmonov, Komilov, Rustamov, Tursunov, Xaqnazariy, Gadoev, Martin, G‘iyosov.

Ikkinchi o‘yinda esa OKMK tarkibi butunlay o‘zgartirildi. Dastlabki daqiqalardanoq raqib jamoa hujumlarga faol qo‘shildi. 41-daqiqaga kelib termizliklar hisobni ochishdi. Azizbek Shamsiddinovning uzoq masofadan yo‘llangan kuchli zarbasini Dilshodbek Yoqubov qaytara olmadi — 0:1!

Goldan so‘ng “Surxon” jamoasi a’zolari yanada ruhlangan holda ikkinchi golni ham kiritishdi. 45-daqiqada Asadbek Karimov o‘z mahoratini namoyish etib hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi – 0:2!

O‘rtoqlik uchrashuvi

25 mart, shanba. “Do‘rmon” qarorgohi stadioni

OKMK – “Surxon” - 0:2 (2:2)

Gollar: Shamsiddinov (41), Karimov (45)

OKMK: Yoqubov, Sulaymonov, (Yumaev, 41), Fozilov, Salem, Toshmatov, Bashriddinov, Ermatov, Hasanov, Sanches, Mirahmadov, Ruxadze.

OKMK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!