OKMKning Turkiyadagi yig‘ini o‘z nihoyasiga yetdi
OKMK yangi futbol mavsumiga tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, bugun poytaxtimizga qaytdi. 4–18 fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazilgan ushbu xorij yig‘ini jamoaning jismoniy va taktik holatini mustahkamlashda muhim poydevor bo‘ldi.
Ikki hafta davom etgan qizg‘in jarayonda Mirjalol Qosimov rahbarligidagi murabbiylar shtabi asosiy e’tiborni yangi futbolchilarni jamoa falsafasiga moslashtirish va turli taktik uslublarni sinovdan o‘tkazishga qaratdi. Antaliyaning qulay iqlimi mashg‘ulotlarni yuqori tempda o‘tkazish imkonini bergan bo‘lsa, xalqaro miqyosdagi nazorat o‘yinlari jamoaning mavsum startga tayyorgarligini ko‘rsatib beruvchi o‘ziga xos imtihon vazifasini o‘taydi. Ushbu bahslar murabbiylarga tarkibdagi muvozanatni topish va kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur xulosalarni taqdim etdi.
OKMK jamoasi Turkiyadagi o‘quv–mashg‘ulot yig‘ini doirasida Rossiya, Qozog‘iston, Chernogoriya va Gruziya klublariga qarshi jami 7 ta nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Mazkur bahslarda vakillarimiz 3 ta g‘alaba, 3 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang natija qayd etdi.
O‘yinlar natijalari:
1–o‘yin
OKMK FK — "SKA" (Rossiya) 2:1
2–o‘yin
OKMK FK — "Jenis" (Qozog‘iston) 1:0
3–o‘yin
OKMK FK — "Dechich" (Chernogoriya) 2:2
4–o‘yin
OKMK FK — "Rotor" (Rossiya) 1:2
5–o‘yin
OKMK FK — "Meshakhte" (Gruziya) 2:0
6–o‘yin
OKMK FK — "Axmat" (Rossiya) 2:3
7–o‘yin
OKMK FK — "Iberiya 1999" (Gruziya) 0:1
Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Fikrlar