
Olimjon Nazarov ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi
Hozirgina Vetnamning Xoshimin shahridagi o‘ziga xos professional boks kechasida o‘zbekistonlik o‘ta engil vazn (50,8 kg) toifasida faoliyat yuritadigan Olimjon Nazarov navbatdagi jangini o‘tkazdi.
U o‘ziga tegishli bo‘lgan WBO Oriental kamarini filippinlik Xerma Boloradan himoya qiladi.
Jang to‘liq 10 raund davom etdi va yakunda raqibiga nisbatan aniqroq harakat qilgan yurtdoshimiz g‘alaba qozonadi.
Shu o‘rinda ushbu muvaffaqiyat bilan bokschimiz va uning murabbiylarni muborakbod etamiz!
Fikrlar