
Olimjon Nazarov vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi. Ertaga jang!
Bir qancha o‘zbek bokschilari professional yo‘nalishda Janubiy Koreyaning "Cocky Buffalo" promouterlik kompaniyasi bilan ishlab kelmoqdalar. Murabbiy Bobur Najmiddinov qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib boruvchi va mana shu kompaniya mijozlari hisoblangan o‘ta engil vaznli (50,8 kg) Olimjon Nazarov navbatdagi jangini ertaga 23 aprel kuni o‘tkazadi. Ushbu kechada Olimjon Nazarov (25-5 15KO) o‘ziga tegishli bo‘lgan WBO Oriental mintaqaviy kamarini Filippin vakili Xerma Bolorodan (6-1, 4KO) himoya qiladi. Ushbu kechada yana bir yurtdoshimiz Abdurasul Ismoilov (9-1, 5KO) ham engil vazn toifasida huddi shu mavqedagi vakant kamar uchun boshqa bir filippinlik Arji Tokueroga 13-5-3, 10KO) qarshi jang olib borishi kerak edi. Biroq, hamyurtimizning vizasiga bog‘liq muammolar tufayli, bu bahs qoldirildi.
Bugun ushbu jang avvalidan Olimjon Nazarov vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi va belgilangan me’yorni bajara oldi. Shu o‘rinda yurtdoshimizga ertangi muhim jangda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
XA
Fikrlar