"Olimpik" "Buxoro" bilan bahsda o‘yin taqdirini 1-bo‘limdayoq hal qildi
Bugun Toshkentda Superliga hamda pro liga klublari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi. Aniqrog‘i, elitaga ilk bor chiqqan Timur Kapadze boshchiligidagi “Olimpik” Hakim Fuzaylov boshqarayotgan “Buxoro” jamoasi bilan bellashdi.
O‘yin taqdiri birinchi bo‘limdayoq hal etildi. 27-daqiqada Muhammadaziz Ibrohimov, 40-daqiqada esa Ruslan Jiyanov tomonidan kiritilgan gollar “Olimpik” jamoasiga “Buxoro” ustidan g‘alaba keltirdi.
“Olimpik”ning boshlang‘ich tarkibi: Vladimir Nazarov, Abubakr Turdaliev, Shaxzod Toirov, Saidazamat Mirsaidov, Doston Tursunov, Xumoyun Sherbo‘taev, Muhammadaziz Ibrohimov, Farruh Muxtorov, Temur Mamasidiqov, Otabek Jo‘raqo‘ziev, Ruslan Jiyanov.
“Buxoro”ning boshlang‘ich tarkibi: Nikola Stoshich, Rizvan Ablitarov, Bobur Omonov, Jamoliddin Ubaydullaev, Bekzod Saidov, Sardor Izzatov, Sobit Sindarov, Fayzulla Jumanqo‘ziev, Rustam Abduhamidov, Shavkat Salomov, Firdavs Asadov.

Fikrlar