
Olimpiya terma jamoamiz Frantsiyada 5:0 hisobida g‘alaba qozondi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Frantsiyaning Nitstsa shahrida ilk o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Timur Kapadze shogirdlari “Reysing Grass” klubiga qarshi kechgan o‘yinda 5:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Jamoamizning gollariga Oston O‘runov, Umarali Rahmonaliev, Muhammadqodir Hamraliev hamda Alisher Odilov (dubl) mualliflik qildi.
O‘yin murabbiylarning kelishuviga muvofiq, yopiq tarzda bo‘lib o‘tdi.
Olimpiyachilarimizning "Parij-2024" yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida so‘nggi nazorat o‘yinini 18 iyul kuni Yangi Zelandiyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar