Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari rasmiylari uchun maxsus yuniformalar yaratildi
Tokio-2020 Tashkiliy qo‘mitasi Olimpiada va Paralimpiada sport bellashuvlarida faoliyat olib boradigan hakamlar va boshqa nazoratchilar uchun maxsus kiyim-boshlar dizaynini namoyish etdi.
Rasmiylar har bir sport turi qoidalar va reglamentlariga rioya qilinishini ta’minlaydilar va ishtirokchi sportchilarning chiqishlari, vaqt va baholash mezonlardagi qoida buzilishlar bo‘yicha qaror chiqaradilar.
Ushbu formalar Tokio-2020 ning “Barqarorlik va xilma-xillik” tamoyillariga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan bo‘lib, tolalar tarkibida ba’zi o‘simlik materiallaridan foydalanilgan.
Yaponiyaning “AOKI Holdings” tomonidan ishlab chiqarilgan rasmiy va norasmiy yuniformalar issiqdan himoya qiluvchi va havo o‘tkazuvchi xususiyatlarga ega bo‘lib, namlikni yaxshi yutadi va tez quriydi.

Fikrlar