Olmo jarohat sababli keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

  • 08.09.2024 09:50
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Dani Olmo Ispaniya terma jamoasining navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Serbiyaga qarshi o‘yinda tizzasidan jarohat olgan ispaniyalik yarim himoyachi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi, deb xabar bermoqda "Mundo Deportivo".

Aniqlanishicha, bo‘g‘imlar shikastlanmagan. Biroq, "Barselona" futbolchisi ehtiyot chorasi sifatida keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Avvalroq, Olmoning shanba kungi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgani malum bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!