Olti ochkolik o‘yin, o‘rtamiyonaga aylanayotgan klub, markaziy to‘qnashuv yoxud Superligada yana super to‘qnashuvlar

  • 27 iyun, 2022, 16:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 13-turi ham boshlanish arafasida. O‘yinlar esa besh kunga bo‘lingan. Oxirgi bahs 5 iyul kuni “So‘g‘diyona” – “Qizilqum” bellashuvi orqali yakun topadi. Bu yozgi tanaffus oldidan oxirgi tur ekanligini hisobga olsak, har bir klub g‘alaba bilan tugatgisi keladi.

Tecno

Juftliklar orqali ham bu turning nihoyatda qizg‘in o‘tishini bilish qiyin emas. Shu sababli o‘z vaqtida mohir hujumchilardan bo‘lgan va hozirda murabbiylik malakasini oshirayotgan Baxtiyor Hamidullaev klublarning imkoniyatlarini baholadi.

28 iyun (seshanba)

“Qo‘qon-1912” – “Dinamo”

- Menimcha, bu o‘yin turning eng markaziy o‘yinlaridan biri hisoblanadi. Turnir jadvalida jamoalar bir-biriga yaqin turishibdi. “Dinamo” o‘yinida yangi murabbiyning imzosi ko‘rinyapti, ikkita uchrashuvda ham yaxshi harakat qilishdi, ammo g‘alaba uchun nimadir etishmayapti. Hujumchilari gol ura olmayapti. Vaziyatlar esa yaratilyapti. Safardagi uchrashuv samarqandliklar uchun ham katta ahamiyatga ega bo‘lsa kerak. Ikkala jamoa maydonga borini tashlaydi, ular uchun bu olti ochkolik o‘yin bo‘ladi. Nazarimda, imkoniyatlari teng. U erda haqiqiy jangovar bahs guvohi bo‘lamiz.

29 iyun (chorshanba)

“Paxtakor” – “Bunyodkor”

- Yangi murabbiy bilan ham “Bunyodkor”ning ishlari unchalik yurishmayapti. “Paxtakor” esa o‘ziga kelayotgandik. Oxirgi uchrashuvda ham Navoiyda “Qizilqum”ni yutdi. “Paxtakor”da 5-o‘ringa tushib ketganida tushkunlik holati ko‘rinib turgandi, endi esa o‘ziga ishonchi ortyapti. Menimcha, ushbu juftlikda “Paxtakor”ning qo‘li baland keladi.

bunyodkor4_3

“Surxon” – “Neftchi”

- Bu ham muhim uchrashuvlardan biri. Jadvalda yonma-yon borishyapti. O‘ylashimcha, 60x40 “Surxon” foydasiga. Mezbonlarda imkoniyat ko‘proq deb o‘ylayman.

neftchi3_1

30 iyun (payshanba)

“Nasaf” – “Olimpik”

- AGMKga qarshi o‘yinda “Nasaf” mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Agar “Olimpik”ni yutsa yana yuqoriga ko‘tarilib, sovrinli o‘rinlar uchun kurashda o‘ziga qulay imkoniyatni keltiradi. Menimcha, bu jamoa maydonda eng yaxshi o‘yinlaridan birini ko‘rsatib, g‘alaba qozonsa kerak.

2.Olimpik

“Metallurg” – “Lokomotiv”

- Bu uchrashuvda “Metallurg”ning qo‘li baland kelsa kerak. Bekobod jamoasida xorijlik mutaxassislar ishlashyapti, saviya ham yaxshi. “Metallurg” klubiga natija kerak va buning uchun qattiq harakat qilishyapti. “Lokomotiv” o‘rtamiyona klubga aylanib qoldi. Balki sport direktori etib tayinlangan Server Jeparov yangiliklarga qo‘l urar. Bunga biroz vaqt kerak. “Lokomotiv” qaysi darajada o‘zgarishi keyinroq ko‘rinadi.

1 iyul (juma)

AGMK – “Navbahor”

- Ushbu juftlik ham juda murosasiz bo‘ladi. Menimcha, imkoniyatlar 50x50. “Navbahor” ham qattiq talashyapti. Sovrinli o‘rinlar uchun astoydil kurashayotgani bilinyapti. Umuman aytganda, ikkala klubning ham maqsadi bir.

agmk13

5 iyul (seshanba)

“So‘g‘diyona” – “Qizilqum”

- Menimcha, “So‘g‘diyona” yutadi. Hozir OFK Kubogida ishtirok etyapti. U erda guruh bosqichidan chiqishiga ishonaman. Safardan yaxshi kayfiyat bilan qaytishadi. “Qizilqum” esa o‘z o‘yinini ko‘rsata olmayapti. Boshida yaxshi ketayotgandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Hamroz Elmurodov
28/06/2022 11:12
Nasafga omad