“Oltin butsa” sohibi tarixiy rekordni yangilay oladimi?

  • 22 noyabr, 2020, 12:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsumda Evropa milliy chempionatlarida eng sermahsul hujumchi sifatida “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritgan Chiro Immobile A Seriyaning sakkizinchi turida “Krotone” darvozasini ishg‘ol qildi.

Tecno

Bu Immobilening “Latsio”dagi 107-goli bo‘ldi va hujumchi klub tarixidagi to‘purarlar reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

“Latsio” tarixidagi eng zo‘r bombardir Silvio Piola o‘z davrida raqiblar darvozasini 143 marotaba aniq nishonga olgan. Immobile agar so‘nggi ikki mavsumdagi sermahsulligini davom ettirsa, faoliyatini yakunlaguncha Piolaning rekordini yo‘qqa chiqarishi mumkin.

Immobile Italiya chempionatlarida jami 138 ta gol urganini ham eslatish joiz.

“Barsa” bu futbolchini 10 yil o‘ynatmoqchi

Pogba “Manchester Yunayted”dan qachon ketishi aniq bo‘ldi

Zidan: Bu futbolchi sotilmaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!