
"Omadli taqvim" sovrinli o‘yinining 7-sonidan translyatsiya (Matnli+Video)
12:20 Kelgusi sonimiz odatdagidek muborak juma kuni bo‘lib o‘tadi
12:18 Shuning bilan ettinchi sonimiz ham o‘z nihoyasiga etdi!
12:16 Ushbu g‘oliblarimiz Farg‘ona viloyati va Toshkent shahridan ekanlar
12:15 Ular Redmi smartfonining tannarxini pul ko‘rinishida qabul qilib olishadi
12:14 tanlagan 6 raqamning 5 tasini to‘g‘ri topgan ishtirokchilar soni 3 tani tashkil etmoqda
12:13 Oltinchi raqam - 12! Bizda Redmi'ning egalari aniqlandi
12:13 So‘nggi raqam 2, ammo bu raqam o‘ynaldi va barabanni qaytadan aylantiriladi
12:12 Beshinchi raqam - 2! Hozircha 5 ta raqamni to‘g‘ri topgan ishtirokchi topilmadi! Afsus!
12:12 O‘yinning kulminatsion nuqtasiga etib keldik
12:11 To‘rtinchi raqam - 14. G‘oliblikka hozircha 5 nafar ishtirokchi da’vogarlik qilmoqda
12:09 Uchinchi raqam - 30. 31, 27 va 30 raqamlarini to‘g‘ri topgan ishtirokchilar soni 97 tani tashkil etmoqda
12:08 Ikkinchi raqam - 27. 31 va 27 raqamini 2517 nafar ishtirokchi to‘g‘ri topa bilgan
12:07 Birinchi raqam - 31. Ushbu raqamni to‘g‘ri topgan ishtirokchilar soni 17523 tani tashkil etmoqda
12:06 Diqqat qiling, biz boshladik!
12:05 Baraban tanlagan 6 raqamning beshtasini to‘g‘ri topgan ishtirokchi esa Redmi rusumidagi smartfonga ega chiqadi. Agarda, bunday ishtirokchilar soni bittadan ortiqni tashkil etsa, mazkur smartfon tannarhi g‘oliblar o‘rtasida teng taqsimlanadi
12:03 Yaxshi bilasiz, o‘yinimiz qoidasiga ko‘ra, baraban tanlagan 6 raqamning barchasini to‘g‘ri topgan ishtirokchi g‘olib deb topiladi va ushbu bahsli inson iPhone X, televizor, gaz plitasi va kir yuvish mashinasini qo‘lga kiritadi
12:02 Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘yin SPORTS.uz internet nashri tomonidan taqdim etilmoqda
12:01 Bugungi sonimizda bizda yangilik bor. Endilikda g‘olibni aniqlash uchun onlayn tasodifiy raqamlar generatori (Rendomizer) emas, balki "Omadli taqvim" barabani yordam beradi
12:00 O‘yinimiz efirga chiqdi. Videotranslyatsiyani YouTube, Facebook va Instagram sahifalarimiz orqali kuzatib borish imkoniga egasiz
11:55 5 daqiqa qoldi
11:47 Ettinchi son start olishiga 13 daqiqa qoldi, ijodiy jamoa so‘nggi tayyorgarlikni ham yakunlashdi
11:43 O‘yinimizni boshlash uchun barcha narsa shay holatga keltirilgan
11:37 Ettinchi son uchun tayyorgarlik jarayoni qizg‘in pallaga kirib bormoqda
11:30 Assalomu alaykum qadrli do‘stlar! Birozdan so‘ng "Omadli taqvim" deb nomlangan sovrinli o‘yinimiz start oladi
Fikrlar