O‘rtoqlik uchrashuvi. "Barselona" AQShda "Napoli"ni engdi

  • 8 avgust, 2019, 11:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor “Barselona” ayni damda AQShda yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Kataloniyaliklar bugun A Seriya vitse-chempioni hisoblangan “Napoli” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

"Barselona" (Ispaniya) – "Napoli" (Italiya) - 2:1

Gollar: Buskets, 38 - 1:0, Umtiti, 42 (avtogol) - 1:1, Rakitich, 79 - 2:1.

"Barselona": Neto, Vage (Semedu, 66), Umtiti, Todibo (Pike, 66), Firpo, Puch (de Yong, 66), Rakitich, Buskets, Suares (Abel Ruis, 46), Karles Peres (Dembele, 66), Grizmann (Rafinya, 46).

"Napoli": Meret, Di Lorentso (Xyusay, 77), Manolas (Luperto, 58), Maksimovich, Mariu Ruy (Gulam, 58), Fabian Ruis (Verdi, 57), Zelinski, Kalexon, Elmas (Gaetano, 57), Insine, Mertens (Milik, 58).

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” etakchisi Lionel Messi jarohati sabab AQSh turnesiga bormagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!