O‘rtoqlik uchrashuvi. "Paxtakor" U-21 jamoasi Qatar yoshlarini mag‘lub etdi
Doxada yig‘in o‘tkazayotgan "Paxtakor" yoshlar jamoasi ikkinchi nazorat o‘yinini o‘tkazdi. Bu safar ham Qatar U-20 terma jamoasi raqib sifatida maydonga tushdi.
2007–2009 yillarda tavallud topgan futbolchilardan iborat Shuhrat Bo‘riev shogirdlari bellashuvda kichik hisobda zafar quchishdi. Uyin taqdirini hal etgan yagona to‘p 30-daqiqada Asad Shuhratov tomonidan kiritildi. Shu tariqa yoshlarimiz Qatar termasidan ustun keldi. Ushbu yig‘in 6 fevral kuni yakunlanadi.
Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Fikrlar