
O‘rtoqlik uchrashuvi. Qatar Avstriyada Janubiy Koreyaga yutqazib qo‘ydi
Shu kunlarda butun dunyo bo‘ylab FIFA kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Terma jamoalar rasmiy va o‘rtoqlik uchrashuvlarida o‘zaro bahs olib bormoqda.
Bugun Osiyo qit’asining ikki grandi – Qatar hamda Janubiy Koreya o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Avstriyadagi "BSFZ-Arena"da kechgan o‘yin 1:2 hisobida koreyslarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
G‘olib jamoa safida gollarni Xvan Xi Chxan (1') va Xvan Iy Chjo (37') kiritgan bo‘lsa, qatarliklarning yagona golini Ali Almoez kiritdi (10').
Fikrlar