O‘rtoqlik uchrashuvi. "Qo‘qon-1912" Tojikiston klubini mag‘lub etdi

  • 16 iyun, 2022, 12:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qo‘qon-1912” jamoasi Toshkent shahrida “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Murabbiylar shtabining rejasiga asosan kecha “shunqorlar”, Tojikistonning “Xo‘jand” jamaoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdilar.

Tecno

O‘yin juda qiziqarli, shiddatli kurashlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv o‘rtoqlik maqomida bo‘lganligi sababli jamoamiz bosh murabbiyi tarkibdagi deyarli barcha futbolchilarni maydonda sinab ko‘rdi. Rasmiy o‘yinlarda zaxirada qolayotgan yosh futbolchilarga ham kechagi o‘yinda o‘zlarini ko‘rsatishlariga imkon yaratildi. 

Uchrashuvning 52-daqiqasida San’at Shixov chap qanotdan oldinga intildi hamda Bilolxon Toshmirzaevga qulay tarzda to‘pni uzatdi. Bilolxon to‘pni chiroyli tarzda o‘ziga bo‘ysunirdi hamda raqib darvozasiga kuchli va aniq zarba yo‘llab hisobni ochdi.

Ushbu hisob o‘yin yakuniga qadar saqlanib qoldi hamda vakillarimiz kichik hisobda g‘alaba qozonishdi.

O‘rtoqlik o‘yini.

“Qo‘qon-1912” – “Xo‘jand” - 1:0

Gol: Bilolxon Toshmirzaev (52).

“Qo‘qon-1912” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!