
O‘runov aqlli assist amalga oshirgan o‘yinda "Ufa" yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)
Bugun Rossiya kubogining 1/8 finali doirasida hamyurtimiz Oston O‘runov harakat qiladigan “Ufa” jamoasi o‘z maydonida “Ural”ni qabul qildi.
O‘runov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 79 daqiqa maydonda harakat qildi. E’tiborlisi, Oston 51-daqiqada jamoadoshi Timur Jameletdinovning goliga assistentlik qildi. Shundan so‘ng birin-ketin gollar kiritildi. Yakunda esa 3:0 hisobida “Ufa”ning qo‘li baland keldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar