O‘runovning do‘sti Shomurodov ortidan Italiyaga ketmoqchi

  • 21 dekabr, 2020, 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak” ko‘p jarohat olayotgan va kutilgan darajada o‘yin ko‘rsatolmagan Aleksandr Kokorinni qishda sotib yuborishga qaror qildi. Aleksandr Kokorin poytaxt jamoasiga yozda Oston O‘runov bilan bir paytda kelgan edi.

Tecno

Klub rahbariyati yaqinlashib kelayotgan transferlar vaqtida Kokorinni 5 million evroga sotib, futbolchi uchun sarflangan pullarni qaytarib olmoqchi.

Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisini bu narxga ichki chempionat jamoalaridan birortasi sotib olmasligi aytilmoqda. Hozir Kokoringa “Fiorentina” jiddiy qiziqish bildiryapti. Biroq, “Spartak” hujumchi xorijga ketadigan bo‘lsa, transferi 5 million evrodan ko‘proq bo‘lishini ta’kidladi.

Joriy mavsumda Kokorin sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, penaltidan ikkita gol urdi. Futbolchining o‘zi ham imkoniyatlarini Italiya sinab ko‘rishni istayapti.

Eslatib o‘tamiz, yozda "Fiorentina" Eldor Shomurodovga xaridor bo‘lgan, lekin "Jenoa" bilan raqobatlasha olmagan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!