
Osimxen, Lautaro, Milinkovich-Savich: A Seriyada mavsumning eng yaxshilariga nomzodlar e’lon qilindi
A Seriya o‘zining tvitterdagi rasmiy sahifasida joriy mavsumning eng yaxshilari bo‘lishga nomzod futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
E’tiborlisi, Italiya chempionatida debyut mavsumidayoq 12 ta gol urgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan “Napoli” vingeri Xvicha Kvaratsxeliya hatto nomzodlar ro‘yxatiga ham kiritilmagan.
Eng yaxshi darvozabon: Mishel Di Gregorio (“Montsa”), Ivan Provedel (“Latsio”), Lukas Skorupski (“Bolonya”);
Eng yaxshi himoyachi: Teo Ernandes (“Milan”), Kim Min Chje, Jovanni Di Lorentso (“Napoli”)
Eng yaxshi yarim himoyachi: Adrien Rabio («Yuventus»), Nikolo Barella («Inter»), Sergey Milinkovich-Savich («Latsio»);
Eng yaxshi hujumchi: Rafael Leau («Milan»), Lautaro Martines («Inter»), Viktor Osimxen («Napoli»);
23 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchi: Tommaso Baldanzi («Empoli»), Nikolo Fagioli («Yuventus»), Jorjio Skalvini («Atalanta»).
Fikrlar