Osimxen va Nevesh superklubga o‘tishga rozilik berdi. Ularni qaysi jamoada ko‘ramiz?

  • 18 iyul, 2024, 14:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kilian Mbappeni ushlab qola olmagan PSJ tarkibini boshqa yulduzlar bilan kuchaytirishga intilmoqda.

Taniqli jurnalist Fabritsio Romanonig ma’lum qilishicha, “Napoli” to‘purari Viktor Osimxen va “Benfika” yulduzi Joau Nevesh faoliyatini Parij superklubida davom ettirishga rozilik bergan. Bu ikki futbolchini ko‘ndirgan PSJ mutasaddilari endi ularning klublari bilan kelishib olishi kutilmoqda.

“Napoli” o‘z o‘yinchilarini qimmat baholaydigan klub hisoblanadi. Italiyaliklar nigeriyalik hujumchi transferidan 130 million evro ishlab olmoqchi. Parijliklar bu transferni 100 million evro atrofidagi summaga hal qilmoqchi.

“Benfika” rahbariyatining ham ishtahasi yomon emas. Lissabonliklar Transfermarkt portali tomonidani 55 million evroga baholangan o‘yinchi uchun 120 million evro talab qilyapti. PSJ vakllari Nevesh uchun 60 million evro badal puli va 10 million evro bonus taklif qildi.

Tomonlar hali uzoq muzokara qiladigan ko‘rinadi. Chunki Osimxenning “Napoli” bilan shartnomasi hali ikki yil davom etadi. Nevesh esa, “Benfika”da 2028 yilning yarmigacha qolish uchun imzo chekib bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!