Ot sporti. “FEI World Jumping Challenge 2022” turnirida kuchli chavandozlar saralandi

  • 2 noyabr, 2022, 21:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Ot sporti
CHERY AUTO

Noyabr oyining quyoshli o‘tgan ilk kunida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha “FEI World Jumping Challenge 2022” musobaqasining yakuniy uchinchi bosqich bellashuvlari o‘tkazildi. Bu haqda Milli Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, “Universal Horses Stable” ot sporti klubi mezbonlik qilgan musobaqa 2 kun davom etdi. Dastlabki bosqichi 19 oktyabrda start olgan musobaqada chavandozlar 3 yo‘nalishda g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Uchinchi bosqich yakunlari, umumiy hisobdagi g‘olib va sovrindorlar haqida batafsil:

“S” toifasi, 100-110 sm (to‘siq balandligi):
1. Mirzohid Musaev (“Gans”, ot laqabi)
2. Boburjon Valijonov (“Alonso 43”)
3. Alisher Erkinov (“Barbella”)

“V” toifasi, 110-120 sm:
1. Bekzod Ro‘zimuhammedov (“Ornella”)
2. Mariya Dushenko (“Kechmeker”)
3. Yormuhammad Foxiljonov (“Artist”)

“A” toifasi, 120-130 sm:
1. G‘ayrat Nazarov (“Losinos Boy”)
2. Mirzohid Musaev (“Kasius Kley”)
3. Jasurbek Xotambekov (“Laki Star”)

Har bir yo‘nalishning mutlaq g‘oliblari:
“S” toifasi: Mirzohid Musaev (“Gans”)
“V” toifasi: Bekzod Ro‘zimuhammedov (“Ornella”)
“A” toifasi: G‘ayrat Nazarov (“Losinos Boy”)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!