
Ot sporti. Konkurchilarimiz Barselonadagi musobaqada qatnashdi
Ispaniyaning Barselona shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha Millatlar ligasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtlarimiz dunyoning eng kuchli jamoalari bilan raqobat olib borishdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Chavandozlarimiz turnirda shohsupaga ko‘tarila olmagan bo‘lsalar ham jahonning etakchi chavandozlari bilan bellashib, o‘zlari uchun ulkan tajriba orttirishdi. Musobaqada Belgiya terma jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Frantsiyalik konkurchilar kumush medalga ega chiqqan bo‘lsalar, Shveytsariya vakillari kuchli uchlikni yakunlab berdilar.
Turnir davomida O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziev Xalqaro ot sporti federatsiyasi rahbari Ingmar de Vos bilan uchrashib, hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish bo‘yicha suhbatlashdi.
Fikrlar