Ot sporti. Vakillarimiz mavsum yakuni bo‘yicha birinchi o‘rinda qoladigan bo‘ldi

  • 10 avgust, 2022, 15:55
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Ot sporti
BEPUL PROPAN

Evrosiyo ligasi doirasidan o‘rin olgan “Maxima Masters Team Competition” musobaqalar seriyasi yakunlandi.

Chavandozlarimiz so‘nggi bosqichni umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda yakunlashdi. Biroq bu hamyurtlarimizning mavsum yakuni bo‘yicha birinchi o‘rinda qolishlari uchun hech qanday to‘sqinlik qila olgani yo‘q.

Qayd etish joiz, 4 bosqichdan iborat musobaqaning O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda o‘tgan bahslarida chavandozlarimiz ajoyib ishtiroklari bilan har gal birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, muddatidan avval mavsum g‘olibligini rasmiylashtirgan edilar. Ushbu muvaffaqiyat hamyurtlarimizga Barselonada o‘tadigan final bosqichi eshigini ochgan.

Shu o‘rinda murosasiz bahslar davomida terma jamoamiz sharafini munosib himoya qilgan Bekzod Qurbonov, Nurjan Tuyakbaev, Xurshidbek Alimjonov, Umid Kamilov va A’zam Tolibboevlarni alohida e’tirof etib, jamoamizga kelgusi startlarda ham omad tilaymiz.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!