
Ot sporti. Yosh chavandozimiz Germaniyadagi nufuzli musobaqada ishtirok etdi
Germaniyaning Axen shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha Butunjahon yoshlar o‘yini turniri bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning eng sara 30 mamlakat vakillari orasida hamyurtimiz Abdurahmon Abdullaev ham ishtirok etdi.
Yosh chavandozimiz bellashuvlarning mintaqaviy yo‘nalishida Osiyo sharafini himoya qildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Shimoliy Amerika jamoasi oltin, Evropa vakillari kumush va afrikaliklar esa bronza medaliga sazovor bo‘lishdi. Qit’adoshlarimiz bu borada to‘rtinchi natijani qayd etdilar. Shaxsiy birinchilik bo‘yicha Abdullaev 30 chavandoz orasida 19-natijani ko‘rsatdi.
MOQ matbuot xizmati
Fikrlar