O‘tgan mavsumni "Nasaf"da o‘tkazib, transferi "Mash’al"ga tegishli bo‘lgan futbolchi "Bunyodkor" ko‘rigida
Yakunlangan mavsum "Nasaf" sharafini himoya qilgan Sardor Abduraimov faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishga yaqin.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, transferi "Mash’al" klubiga tegishli hisoblangan yarim himoyachi "Bunyodkor" yig‘inida qatnashmoqda. Uning harakatlari murabbiylarga ma’qul kelsa, Abduraimov bilan shartnoma imzolanadi.
Ma’lumot o‘rnida, Sardor Abduraimov bir yilga "Mash’al"dan "Nasaf"ga ijraga berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, biroz avval "Bunyodkor" klubi "Nasaf" hujumchisi Humoyun Murtozaev bilan shartnoma imzolagani borasida xabar bergandik.

Fikrlar