
"O‘zbek forvardi yana gol urishni boshlaganidan xursandman!"
"Jenoa" Italiya A Seriyasining 23-turida iroda evaziga "Verona"ga qarshi o‘yinda 1 ochkoga ega bo‘ldi. Genuyaliklarning dastlabki goliga Eldor Shomurodov mualliflik qildi. Jurnalist, sharhlovchi Davron Fayziev "Telegram"dagi kanali orqali bunga o‘z munosabatini bildirdi.
"Jenoa"da xarakter bor. To‘liq xujumga o‘tishdi va ochko olishdi. Aytish mumkinki, Shomurodovning tushishi o‘yinni o‘zgartirdi. O‘zbek forvardi yana gol urishni boshlaganidan xursandman!", - deya yozib qoldirdi Fayziev.
Shu tariqa, Shomurodov A Seriyadagi gollari sonini 3taga etkazib oldi.
Fikrlar