O‘zbek futbolidagi kelishilgan o‘yinlar bilan bog‘liq mojaro xronologiyasi

  • 6 sentabr, 2022, 19:30
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqindagina SPORTS.uz saytining elektron pochtasiga nomdor bukmekerlik kompaniyasidan xat kelib tushdi. Unga ko‘ra, "Lokomotiv" jamoasining ikki o‘yini shubha ostiga olingan va tashkilot bu borada FIFAga ariza yozmoqchi ekanligini ma’lum qilgan. Quyida ushbu xat va uning tarjimasini taqdim etamiz:

"Men Osiyo bukmekerlik kompaniyasining o‘yinlar bo‘yicha rasmiy inspektoriman. Kuzatuvlarimizdan so‘ng men o‘zbek klubi bilan muammo (Toshkentning "Lokomotiv" klubi kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgan) borligini aniqladim. Bu 100 foiz aniq va tasdiqlangan. Bahs natijasini sun’iylashtirib, ularni bukmekerlik kompaniyasiga sotuvchi osiyolik dallolga etkazib turishgan.

Biz barcha transaktsiyalarning isbotini olamiz.
Iltimos quyidagilarni tekshiring,

1. 10 avgust, 2022 yil (AGMK va "Lokomotiv")

2. 17 iyun, 2022 yil ("Lokomotiv" va "So‘g‘diyona")

3. Tikishlar qayd etilgan rasmlar;

4. O‘yinchilarning totalizator videosi;

5. Raqiblarning videoyozuvi.

O‘zbekiston Klubi doirasidagi uchrashuvda 100 foiz muammo bor. Futbolchi va vositachilarning dastlabki so‘rovlari orqali har bir jamoada 5 tadan kelishilgan o‘yinda ishtirok etgan o‘yinchi bor, natija ham kelishilgan. Biz texnik qo‘shimchalarni o‘rganib chiqdik va transaktsiya yozuvlari, chat yozuvlari, rasmlar, o‘yinchilarning stavkalash miqdori shuningdek, g‘ayritabiiy ko‘rsatkichlar va kompaniyadagi o‘zgarishlarni aniqladik. Kompyuter o‘yin oldidan g‘ayritabiiy ko‘rsatkichlarni belgilagan va stavkachilarni qattiq ogohlantirgan.

Jamoa o‘z natijalarini yaxshilash uchun bir qancha o‘yinlarda qatnashgan. Biz yanada ko‘proq dalillarni FIFA uchun saqlab qolamiz va o‘zbek hukumati, rasmiylar, jurnalistlar, organ xodimlari, o‘yinchilar, jamoa prezidentlari va murabbiylardan barcha aniqlangan shaxslarni ustidan o‘rganish olib borishini so‘raymiz. Bizning kompaniya dalillarni xalqaro politsiyaga ko‘rsatadi va e’lon qiladi (Biz ushbu xabarni o‘zbek rasmiylariga ham yuboramiz)."

SPORTS.uz bilan bog‘langan shaxslar o‘z ma’lumoti to‘g‘ri ekanligini isbotlash maqsadida quyidagi skrinshotlarni taqdim etdi. O‘quvchilarimizga qulayroq bo‘lishi uchun, ushbu suratlarda aks etgan dialoglarni o‘zbek tiliga o‘girib e’tiboringizga havola etamiz.

- Juda yomon. Jin ursin!

- Birga ishlaymizmi yoki yo‘qmi? Ishaymiz, deb ayt menga. Ammo o‘tgan safargidek boshlama. Men senga o‘zim xabar beraman.
- Xo‘p. Men garov tikdim.

photo_2022-09-04_23-42-18

- Ishlaymizmi?
- Ha, ishlaymiz.

- Xo‘p.
- Xabarimni kut

- SMS boradi
- Tezroq bo‘l. Ozroq to‘xtalish bo‘ladi. So‘ng SMS yuborishim kerak. U buni ko‘rishi kerak

photo_2022-09-04_23-43-12

- Xo‘p.
- Ishlaymiz a?

E.K: - Ular 8 minut avval ishga kirishgan. Hozir barcha futbolchilar asabiylashyapti. Ular sardor Kaxidan pul talab qilmoqda. Shuningdek, ular butun mavsum ishlab kelishni istashmoqda. Sababi, hozir klubda pul bor.

Toni: - Bu futbolchilar mendan pul so‘ramoqda. Ularga nima deb javob beray?

E’tiborlisi shundaki, ushbu suratlarda "Lokomotiv" jamoasining bir nechta futbolchisi tomonidan "Sug‘diyona" bilan o‘yinga  "stavka qilingan". Bahs yakunida esa, "Loko"ning mag‘lubiyati va "temiryo‘lchilar" legionerining shubhali qizil kartochkasiga guvoh bo‘ldik.

photo_2022-09-04_23-42-21

6 rasm (1)

 

photo_2022-09-04_23-42-19

Bukmekerlik kompaniyasi tomonidan berilgan ma’lumotlar faktlari bilan taqdim etildi. Ushbu xabardan so‘ng kecha avval O‘FA, keyin "Lokomotiv" klubi dastlabki bayonotini berdi.

- Joriy yilning 4 sentyabr kuni internet tarmoqlarida kelishilgan o‘yinlarga oid bir qancha ma’lumotlar paydo bo‘ldi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining maxsus inspektsiya bo‘limi mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan va ayni paytda o‘rganish ishlari davom etmoqda. Shuningdek, vaziyatni to‘liq ochiqlash va barcha aydborlarni aniqlash yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan ham muzokaralar olib borilyapti.

Surishtiruv jarayoniga oid ma’lumotlar o‘rganilib, yakuniy xulosalar chiqarilgach, O‘FA sayti orqali ommaga taqdim etiladi, - deyiladi O‘FA xabarida.

- Futbolga aloqador saytlarda "Lokomotiv" PFK futbolchisi, asosiy jamoa sardori Kaxi Maxaradzening kelishilgan o‘yinda ishtirok etgani yuzasidan xabarlar tarqaldi.

Shuni ma’lum qilamizki, ayni payt O‘FA "Futbol faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha maxsus inspektsiyasi" ushbu masala yuzasidan surishtiruv-tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Vaziyat qanday yakun topishi hamda haqiqiy aybdor(lar) topilib jazolanishi "Lokomotiv" PFK uchun ham muhim. Zero jamoamiz har doim halol o‘yin tarafdori bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Biz kelishilgan uchrashuv, totalizator va har qanday pul tikish yo‘li bilan o‘ynaladigan o‘yinlarga mutlaqo qarshimiz!

"Lokomotiv" PFK ushbu masala yuzasidan O‘FA va "Futbol faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha maxsus inspektsiyasi"ning rasmiy xabar berishini kutishini ma’lum qiladi, - deya xabar berdi klub matbuot xizmati.

- Ux, bu xabarga O‘FAdan izoh beriladi deb umid qilamiz va (agar aybdor deb topilsa) aybdorlarni Etika qo‘mitasida kutib qolamiz, - dedi sharhlovchi Xayrrula Hamidov.

- Bor umidim Kaxi Maxaradzedan. Uning gapirishidan. Zanjirning boshida kim turganini aytishi kerak. U boshqa davlat fuqarosi va faoliyatini tugatsa bo‘ladigan yoshda ekani umid beryapti. Aks holda barcha aybni u va sheriklari, ya’ni mayda baliqlarga to‘nkab, futbolimizning "avliyo"lari suvdan quruq chiqishi ehtimoli yuqori. Qaniydi shunaqa bo‘lmasa, qaniydi! - dedi jurnalist Bobur Akmalov.

- “Loko” atrofidagi gap-so‘zlar to‘g‘risi, barchamizni esankiratib qo‘ydi. Bizning jamoadoshlar, ayniqsa, Kaxi bunday qilmagan bo‘lib chiqishini juda-juda xohlardim.

Ammo, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ma’lumotlarning barchasi o‘z tasdig‘ini topadigan bo‘lsa.., bilmadim jamoada qanday muhit yuzaga keladi, qalbimizda qanday tuyg‘ular junbush uradi. Chunki mushkul holatdan chiqib ketish niyatida jon jahdi bilan tirishayotgan “Loko kemasi”dagi ahil jamoa orasida eshkakni teskari eshayotganlar bo‘lsa juda alam qiladi-da...

Mayli, kutamiz. Qarshi safaridan so‘ng bugun dam olayotgan jamoa a’zolari ertaga (bugun nazarda tutilmoqda) yig‘ilishadi. Ko‘z-ko‘zga tik boqqanda ko‘p narsa oydinlashadi... - dedi "Lokomotiv" klubi shifokori Abror Pirriev.

Ijtiboiy tarmoqlarda shunday gaplar. Endi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi maxsus inspektsiya bo‘limining surishtiruvida barchasi ayon bo‘lishiga umid qilamiz. Ko‘pchilik Kaxi legioner bo‘lgani uchun hamma aybni o‘z bo‘yniga olib, futbolimizni butunlay tark etadi, degan havotirda. Bunday holatda yuqoridagi inspektsiyaga ham toshlar otiladi. O‘ylaymizki, maxsus inspektsiya kelishilgan o‘yinlarning tagiga etadi va hamma bosimni o‘ziga qaratib olmaydi.

Voqealar rivojini kuzatamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Yy Yh
06/09/2022 20:23
Менимча жа унақа ваҳимали натижа кутишга ҳожат қолдиришмаса керак.
Наркобилов Суюн
06/09/2022 20:13
Chempionat asis sayti jim qo'rqoqlar
&
Tohirbek
06/09/2022 20:01
manimcha ish bosdi bosdi buldi xamma yoq jim jit bugun birorta mard jurnalist shu mavzuda yozmadi sports.uz yozdi faqat