O‘zbek hujumchisi “Liverpul” nishonida. Rossiya klublari kurashga qo‘shildi!

  • 5 may, 2024, 08:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston iste’dodli futbolchilarni tarbiyalashda muayyan yutuqlarga erishmoqda. Ayniqsa, o‘smirlar va yoshlardan tarkib topgan turli terma jamoalarimiz qit’a va jahon miqyosidagi musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashayotgani xorij klublari uchun o‘zbek futboli tarbiyalanuvchilarini kashf etib bermoqda.

Tecno

O‘tgan yili kuzda 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida porlagan Amirbek Saidov bir necha klublar nishoniga tushdi.

Birinchi navbatda, “Bunyodkor” forvardiga Angliyaning “Liverpul” jamoasi e’tibor qaratdi va uni kuzatuv ostiga oldi.

Youth Scouting saytining ma’lum qilishicha, Rossiya Premer-ligasi vakillaridan “Krasnodar” va “Rostov” ham 18 yoshli forvard uchun kurashga qo‘shildi.

Rossiya futbolini yoritib kelayotgan manbalardan biri –  sport24.ru sayti jurnalisti Vladislav Shapirov masalaga oydinlik kiritish maqsadida “Bunyodkor” matbuoti xizmati javobini quyidagicha keltirdi.

- Amirbek Saidovga “Krasnodar” va “Rostov”dan qiziqish bo‘lyaptimi? Bu futbolchini ko‘p klublar kuzatyapti. 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida u o‘zini ko‘rsata oldi, shuning uchun  hozir bu o‘yinchiga qiziqish kuchaygan, - deb yozdi Vladislav Shapiro “Bunyodkor” klubi matbuot xizmatiga asoslanib.

Eslatib o‘tamiz, o‘z davrida "Krasnodar"da o‘zbek futboli vakillaridan Odil Ahmedov, "Rostov"da esa, Eldor Shomurodov to‘p tepib, jamoaning haqiqiy etakchilari bo‘lgan. 

Amirbek Saidov 2006 yilning 1 fevral kuni tug‘ilgan. “Bunyodkor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Asosiy pozitsiyasi markaziy hujumchi. Biroq Amirbek har ikki qanotda ham muvaffaqiyatli o‘ynay oladi.

Saidov O‘zbekiston U-17 terma jamoasi safida jami 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol muallifi bo‘lgan. Iqtidorli forvard xalqaro miqyosdagi o‘yinlarda Yaponiya, Senegal, Ispaniya, Angliya terma jamoalari darvozalariga bittadan gol urgan bo‘lsa,  Kanadaga qarshi bahsda dubl qayd etgan.

Ayni paytda 18 yoshli futbolchi O‘zbekiston U-20 terma jamoasiga jalb qilinmoqda va hozircha ikkita uchrashuvda qatnashib ulgurdi.

Fayzullaev yangilik kutyapti!

Fayzullaevni kuzatayotgan mashhur klub kuchlilar safiga qaytdi!

Ular Parijda o‘zbek futbolchilariga muxlislik qiladi!

“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi. Eldorga boshqa takliflar ham bor!

O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhomjon Feyz
05/05/2024 12:56
Очофат бизникилар катта пул сўраб йўқ қиворишади.