O‘zbek murabbiyi boshqarayotgan jamoa Qirg‘iziston chempioni bo‘ldi!

  • 2 noyabr, 2023, 11:45
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qirg‘iziston premer-liga yakuniga bir tur qolganida mamlakat chempioni aniqlandi. “Abdish-Ota” jamoasi o‘z uyida Qo‘chqorotaning “Neftchi” klubini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratish orqali navbatdagi bor Qirg‘iziston chempionligini qo‘lga kiritdi. O‘tgan yili ham bu klub chempionat g‘olibiga aylangan va ketma-ket ikkinchi yildirki, 1-o‘rinni o‘zida saqlab kelmoqda.

Ushbu jamoaga esa o‘zbekistonlik tajribali mutaxassis Islom Ahmedov bosh murabbiylik qilmoqda. “Abdish-Ota” bir tur qolganida 16 g‘alaba, 6 durang va 4 mag‘lubiyat bilan ochkolarini 54 taga etkazib yaqin ta’qibchisi – “Dordoy”ni 5 ochkoga ortda qoldirdi.

Shu tariqa, Islom Ahmedov bosh murabbiy sifatida chetdagi dastlabki chempionligini qo‘lga kiritdi. Ayni paytda uning jamoasi OFK Kubogi guruh bosqichidagi ishtirokini davom ettirmoqda.

Shu kunlarda Islom Ahmedov bilan uyushtirilgan suhbatni Sports.uz saytida o‘qiysiz. Bizni kuzatishda davom eting!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!