O‘zbek shaxmatchisi AQShda 103 yillik turnir chempioniga aylandi

CHERY AUTO

Joriy yilning 14-18 noyabr kunlari AQShning Nyu-York shahrida “Marshall” shaxmat klubida 103-Marshall chempionati o‘tkazildi.

“Marshall” shaxmat klubi 1915 yilda grossmeyster Marshall tomonidan tashkil qilingan va 1916 yildan beri “Marshall chempionati” o‘tkazib kelinmoqda.

Bu yil tashkil qilingan turnirda, O‘zbekiston nomidan Jo‘rabek Hamroqulov qatnashib, Marshall chempionatining 103-chempioniga aylandi.

Ma’lumot uchun, mazkur turnir  har yili o‘tkazib kelinadi va bu yilgi bahsda 10 nafar shaxmatchi qatnashdi. Unda sportchilarga  40 marta yurish uchun 90 daqiqa ajratilib,  har bir yurishga 30 sekund qo‘shimcha vaqt berildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!