
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Xalqaro turnir oldidan Toshkentda yig‘in o‘tkazadi
Ayollar o‘rtasidagi "Osiyo kubogi-2022" saralash bahslariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 8-14 fevral kunlari Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etadi. Bu haqda
Bir hafta davom etadigan mazkur yig‘indan so‘ng, Bahrom Norsafarov murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz 15 fevral kuni Antalya shahriga yo‘l oladi.
O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Turkiyaning Antalya shahrida tashkil etiladigan “Festival Women’s Trophy 2021” xalqaro turnirida qatnashadi.
15-24 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan mazkur musobaqada O‘zbekiston vakillari Ekvator Gvineyasi, Nigeriya hamda Zambiya ayollar terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.
Murabbiylar shtabi ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga 22 nafar futbolchini jalb etdi.
Fikrlar