O‘zbekiston boks bo‘yicha U-22 Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi
Osiyo boks konfederatsiyasi 7-17 dekabr kunlari 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Osiyo chempionati Toshkent shahrida o‘tkazilishini rasman e’lon qildi.
Ushbu musobaqa qit’a miqyosida ilk marotaba tashkil etilmoqda va unda 22 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi. Chempionatda 1999-2002 yillarda tug‘ilgan yoshlar qatnashishi mumkin.
Osiyo boks konfederatsiyasi o‘z xabarida O‘zbekiston Osiyo boksida qudratli davlat ekanligi, Toshkent shahridagi yuqori tashkilotchilik sifati va mehmondo‘stlik, Osiyo boks konfederatsiyasi vitse-prezidenti va O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov tomonidan rejalashtirilayotgan ishlar, shuningdek federatsiya rasmiysi Shohid Tillaboev haqida ham to‘xtalib o‘tgan.
Ma’lumot uchun O‘zbekiston 1995, 1999 va 2017 yillarda kattalar o‘rtasida, 2015 yilda o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilgan. 2023 yili kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati ham Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar