
O‘zbekiston Coca Cola kubogi finalini qaysi hakam boshqaradi?
Bilasiz, 20 dekabr kuni Namangandagi “Markaziy” stadion "O‘zbekiston Coca Cola kubogi-2020" final uchrashuvini qabul qiladi. Mamlakat kubogining hal qiluvchi o‘yinida AGMK va “Paxtakor” o‘zaro g‘oliblik uchun bahs olib boradi.
Ushbu uchrashuvni Zokir Qodirov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Ruslan Serazitdinov va Ruslan Samandarov yordamlashadi,
Ta’kidlab o‘tamiz, "O‘zbekiston Coca Cola kubogi-2020" final uchrashuvida o‘zbek futboli tarixida ilk bor VAR tizimidan foydalaniladi.
O‘zbekiston Coca Cola kubogi. Final
20 dekabr, yakshanba
AGMK – PAXTAKOR
Bosh hakam: Zokir Qodirov
Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Ruslan Samandarov
Zaxira hakami: Shavkat Nasibullaev
Nazoratchi: Vladislav Seytlin
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR Yordamchi hakami: Timur Gaynulin
VAR Nazoratchisi: Farhod Abdullaev.
Fikrlar