
O‘zbekiston kubogi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlandi
Hozirgina "Sport TV" orqali jonli efirda O‘zbekiston Kubogi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra quyidagi juftliklar o‘zaro bahs olib boradigan bo‘ldi.
Guruh bosqichida ishtirok etmagan AGMK "Neftchi"ga, "Paxtakor" esa "Turon"ga qarshi maydonga tushadi.
O‘zbekiston kubogining final uchrashuviga Samarqand shahri mezbonlik qilishi sizga ma’lum. Uchrashuvlar o‘tadigan sanalar O‘zbekiston milliy termasining keyingi rejalaridan kelib chiqqan holda shakllantirilgan taqvim asosida keyinroq ma’lum qilinadi.
Fikrlar