
O‘zbekiston kubogi. AGMK chorak finalda "Andijon" bilan o‘ynaydi
O‘zbekiston kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan AGMK - "Metallurg" o‘yini yakuniga etdi. Unda asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha taymlarda esa mezbonlar yana ikki gol urib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Olmaliq klubi safida gollarga Sanjar Tursunov, Akrom Komilov va Mirjahon Mirahmadov mualliflik qildi. Mehmonlarning goli Bektemir Abdumannonov nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, AGMK qiyinchilik bilan chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi. "Metallurg" nimchorak finalda musobaqa bilan xayrlashdi.
Fikrlar