O‘zbekiston kubogi. "Andijon" - "Surxon": Bellashuv sanasi o‘zgardi!

  • 13 aprel, 15:13
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan "Andijon" – "Surxon" o‘yini 16 aprel sanasiga rejalashtirilgandi. Mazkur bellashuv Andijon shahridagi siyosiy tadbirlar sabab bir kun keyinga ko‘chirildi. 
 
15-17-aprel kunlari Davlat rahbarining Andijon viloyatiga tashrifi rejalashtirilganligi sababli klubning kubok doirasidagi "Surxon"ga qarshi bellashuvi 17 aprel kuni 19:00 ga belgilandi. 
 
O‘z navbatida, "Surxon" jamoasining Superliga 6-turi doirasidagi "Navbahor"ga qarshi bahsi 21 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!