O‘zbekiston Kubogi finali: "Paxtakor" o‘tgan yilgi mag‘lubiyat uchun AGMKdan qasos ola biladimi?

  • 24 oktabr, 2019, 15:07
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" 26 oktyabr kuni o‘z tarixida 15-bor O‘zbekiston Kubogi finalida maydonga tushadi. 

Tecno

Hozirga qadar O‘zbekiston Kubogida "Paxtakor" 14 marta finallarda ishtirok etgan. Finallarning 11tasida "sherlar" muvaffaqiyatga erishishgan. Hal qiluvchi bahslarda atigi uch bor "Paxtakor" mag‘lubiyatga uchrashgan. 1993, 1997, 2001, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2009 va 2011 yillarda "Paxtakor" O‘zbekiston Kubogi sohibiga aylangan.

Oxirgi marta "Paxtakor" O‘zbekiston Kubogida g‘olib bo‘lgan mavsumda finalda "Nasaf"dan 3:1 hisobida ustun kelgan.

O‘tgan yilgi finalda ham ushbu jamoalar to‘qnash kelib, unda omad AGMKga kulib boqqandi. Bu safar "Sherlar" o‘sha mag‘lubiyat uchun qasos olib, oltin dublga erishishga intilishadi.

"Paxtakor"ning finalgacha bosib o‘tgan yo‘li:

1/8 final
"PAXTAKOR" - "Yashnobod" - 5:0
Gollar: Cheran 3-pen, Hamdamov 67, Sobirxo‘jaev 70, Masharipov 74, Mahmudhojiev 78.

Chorak final
"PAXTAKOR" - "Surxon" - 2:0
Gollar: Sergeev 21, 89.

Yarim final
"PAXTAKOR" - "Nasaf" - 2:1
Gollar: Cheran 33, Masharipov 39 - Abduxoliqov 21.

AGMKning finalgacha bosib o‘tgan yo‘li:

1/8 final
AGMK - "Mash’al" - 1:0
Gollar: Polvonov 109.

Chorak final
"Oqtepa" - AGMK - 3:4
Gollar: Purishkin 47, 49, 86 - Jo‘raev 22, Grigalashvili 41, 43, 53.

Yarim final
AGMK - "Bunyodkor" - 3:1
Gollar: Nurmatov 8, Grigalashvili 50, Rahmonov 85 - To‘xtasinov 58.

"Paxtakor" va AGMK jamoalari o‘rtasidagi final o‘yini 26 oktyabr kuni Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida soat 17:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
24/10/2019 17:24
Бизда чимпиянат секин секин ӯлаяпти
&
Фан
24/10/2019 16:41
Сарлавха умуман ухшамабди.

Утган йилги финал Пахтакорни уз кулида эди, бу йилгиси хам хохласа олади хохламаса бериб юборади.
КАСОС эмиш.
Аравагага хеч булмаса сомон ташлаб олинглар.
&
TFT
24/10/2019 15:28
Суперлига тугамасдан кубок ўйинларини ўтказиш фақат бизда булса керак.Бошқа жамоалар ўйин амалиётисиз зерикиб,уларда кейинги ўйинларга нисбатан мотивация йўқолади.Аввалги тақвим тўғри эди.
&
Mansurbek
TFT
24/10/2019 17:55
Қўшиламан фикрингизга