O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichiga yo‘l olgan oxirgi jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

  • 27 mart, 2022, 17:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentdagi "Chig‘atoy" stadionida O‘zbekiston Kubogi 3-saralashining ikkinchi o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda "Andijon 2" "Yunired" bilan kuch sinashdi.

Tecno

Bellashuvda vodiy jamoasi vakili Aziz Usmonov 29-daqiqada urgan gol yagonaligicha saqlanib qolindi. Ushbu gol "Andijon 2"ga g‘alaba taqdim etdi. O‘z navbatida "Unired" a’zosi Asomiddin Mamatov 43-daqiqada qizil kartochka olgandi.

Mazkur muvaffaqiyat "Andijon 2"ga guruh bosqichi chiptasini taqdim etdi. Jamoa "F" guruhiga yo‘l oldi. Bu guruhda "Turon", "Sho‘rtan" va "Olimpik" jamoalari joylashgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!