
O‘zbekiston kubogi. Ilk yarim finalchi nomi ma’lum
O‘zbekiston kubogi chorak finalidan o‘rin olgan ilk bellashuv bo‘lib o‘tdi. Unda "Dinamo" - "Olimpik" bilan kuch sinashdi.
Mazkur bellashuvda samarqandliklar 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida Joel Kojo dubl qilgan bo‘lsa, Abubakir Mo‘ydinov hamda Muhammadbobur Asadullaev bittadan gol urdi. "Olimpiyachilar" safida Alisher Adilov dubl qildi, shuningdek, Saidazamat Mirsaidov bitta gol urdi.
Shu tariqa, "Dinamo" O‘zbekiston kubogi yarim finalining ilk yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Fikrlar