
O‘zbekiston kubogi. "Navbahor" "Andijon"ni kichik hisobda mag‘lub qildi
O‘zbekiston kubogining 2-turidan o‘rin olgan "Navbahor" -"Andijon" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda namanganliklar kichik 1:0 hisobida zafar quchdi.
O‘yinning 65-daqiqasida burchakdan uzatilgan to‘pni Ibrohim Yo‘ldoshev boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Uchrashuvda boshqa gol urilmadi.
Shu tariqa, "Navbahor" g‘alaba qozonib, guruhda 1-o‘ringa chiqib oldi.
Fikrlar