
O‘zbekiston kubogi. "Olimpik" 1-turdagi mag‘lubiyat alamini "Turon"dan oldi
O‘zbekiston kubogi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan "Olimpik" - "Turon" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Ushbu o‘yinda mezbonlar yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mezbonlarning 5 goli Otabek Jo‘raqo‘ziev (dubl), Ruslan Jiyanov, Temur Mamasidiqov va Muhammadali G‘iyosov nomiga qayd etildi. Mehmonlar bu gollarga javoban Humoyun Murtazoevning yagona goli iblan javob qaytardi.
Mazkur natijadan so‘ng "Olimpik"ning ochkolari 3 taga etdi. "Turon" ham xuddi shuncha ochko to‘plashga erishgan.
Fikrlar