O‘zbekiston kubogi. O‘yinoldi matbuot anjumanining boshlanish vaqtlari va boshqa rasmiy tadbirlar haqida ma’lum

  • 2 dekabr, 2021, 13:09
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 4 dekabr kuni O‘zbekiston kubogi final bahsi bo‘lib o‘tadi. Unda Toshkentning “Paxtakor” va Qarshining “Nasaf” klublari o‘zaro bahs yuritadi. Uchrashuv Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida bo‘lib o‘tadi va soat 16:00da start oladi. 

Tecno

3 dekabr sanasida o‘yinoldi rasmiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Rasmiy mezbon sifatida “Paxtakor” futbol klubining o‘yinoldi mashg‘uloti 15:00da start oladi va uning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o‘tadi. Rasmiy mehmon jamoa sifatida “Nasaf” futbol klubining o‘yinoldi mashg‘uloti uchrashuv o‘tkaziladigan vaqtga parallel — 16:00da start oladi va uning ham dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq bo‘ladi.

Shuningdek, 3 dekabr kuni Samarqand shahridagi “Alexander” mehmonxonasida har ikki klub rasmiylari ishtirokida o‘yinoldi matbuot anjumani tashkil etiladi. Unda har ikki klub bosh murabbiylari ikki nafardan futbolchi hamrohligida ishtirok etadi. “Paxtakor” ishtirokidagi matbuot anjumani 17:00da, “Nasaf” klubi ishtirokidagi matbuot anjumani esa 17:30da bo‘lib o‘tadi.

Final kuni maydondagi rasmiy hudduda bo‘lish istagidagi fotograf va operatorlarga matbuot anjumani paytida maxsus ruxsatnomalar tarqatiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
02/12/2021 14:27
Dinamani poliyasi qanday shu haqiga ham malumot beringla. bilganla bulsa