O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov Milan va Kievda malaka oshirdi

  • 22 may, 2019, 18:12
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov Italiyaning "Inter" jamoasida malaka oshirib qaytdi. Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper o‘z vaqtida "Inter" jamoasida bosh murabbiy sifatida ish olib borganidan xabaringiz bor. Denis Ivankovning "neradzurrilar" safida malaka oshirishida Ektor Kuperning ham hissasi katta bo‘lganini alohida ta’kidlash kerak.

Denis Ivankov: "Zanetti O‘zbekiston terma jamoasiga omad tiladi"

Terma jamoamizning darvozabonlari ustozi malaka oshirish davomida "Inter" klubida olib boriladigan mashg‘ulotlar bilan yaqindan tanishdi hamda italiyalik mutaxassislarning ish uslubini o‘rgandi. Bundan tashqari, "Inter" jamoasi ishtirokidagi o‘yinlarni bevosita stadiondan tomosha qildi. 
 
Shuningdek, Denis Ivankov Ukrainaning "Dinamo" klubi taklifiga ko‘ra, Kiev shahrida ham bo‘lib, u erda ham malaka oshirdi. "Dinamo" klubida malakat oshirish jarayonida terma jamoamizning sobiq futbolchisi, ayni paytda klubda yordamchi murabbiy sifatida ish olib borayotgan Maksim Shatskixning hissasi katta bo‘ldi.
 
Denis Ivankov Kievdagi mashg‘ulotlarni kuzatish jarayonida ham o‘zi uchun ko‘plab kerakli ma’lumotlar va tajribalarga ega bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!