
O‘zbekiston milliy terma jamoasida Vadim Abramov o‘rnini boshqa murabbiy egallaydimi? Davron Fayzievdan rasmiy javob!
Internetda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘rniga boshqa mutaxassis kelishi mumkinligi borasida xabarlar tarqaldi. Ushbu ma’lumotlar asossiz ekanligi O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziev telegramdagi sahifasida ma’lum qildi.
- Bu yolg‘on ma’lumot, umuman unday reja, taxmin va hatto gap ochilgani yo‘q. Vadim Abramov terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ishini davom ettiradi. Buni shaxsan o‘z nomimdan va O‘FA nomidan tasdiqlashim mumkin.
Faqat aniq ma’lumotlarga ishoning, tekshirilmagan informatsiyaga chalg‘imang, - deya yozib qoldirdi Davron Fayziev.
Tarmoqlarda Abramov o‘rnini ayni paytda Tojikiston terma jamoasini boshqarayotgan Usmon Toshev egallashi mumkinligi to‘g‘risida ehtimoldan ancha uzoqda bo‘lgan xabar tarqalgandi.
Fikrlar