
O‘zbekiston milliy terma jamoasining BAA yig‘inidagi yana bir raqibi ma’lum bo‘ldi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun "JCh-2022" va "Osiyo kubogi-2023" qo‘shma saralash bosqichi bellashuvlariga tayyorgarlik rejasidan o‘rin olgan navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.
Milliy terma jamoamiz 8-18 fevral kunlari Dubay shahrida mashg‘ulot olib boradi va yig‘in davomida uchta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi reja ostiga olingan.
Unga ko‘ra, 12 fevral kuni termamizga "Zenit" klubi raqiblik qilsa, oradan 5 kun o‘tib, Vadim Abramov shogirdlari Soligorskning "Shaxtyor" jamoasiga qarshi nazorat bahsida maydonga tushadi.
Ilgariroq, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Dubay yig‘iniga chaqirilgan futbolchilari e’lon qilingan edi.
12 fevral, shanba
O‘zbekiston — "Zenit" (Rossiya)
17 fevral, chorshanba
O‘zbekiston — "Shaxtyor" (Belarus).
Fikrlar