O‘zbekiston milliy terma jamoasining "JCh-2022" saralash o‘yinlariga tayyorgarligi qay tarzda o‘tmoqda? (Fotogalereya)

  • 24 may, 2021, 23:08
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bir necha kundan beri Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chimyon tog‘ yonbag‘irlarida yig‘in o‘tkazmoqda.

Vadim Abramov shogirdlari "JCh-2022" va "Osiyo Kubogi-2023" qo‘shma saralash bosqichlariga tayyorgarlik ko‘ryapti. 20 maydan mashg‘ulotlarga kirishgan jamoa tarkibi hali to‘lganicha yo‘q. Eldor Shomurodov A Seriyada mavsum endi yakunlangani bois tez orada safga qo‘shiladi.

Kecha yig‘inga BAAdan qaytgan Jaloliddin Masharipov hamda OFK kubogida ishtirok etgan “Nasaf” vakillari kelib qo‘shilishgandi.

Quyida Vadim Abramov boshchiligidagi termamiz o‘tkazayotgan mashg‘ulotlardan fotolarni tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!