
O‘zbekiston MTJ ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Raqiblar ma’lum
Kecha xabar berganimizdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlaridan o‘rin olgan navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini 22-30 mart kunlari o‘tkazadi.
"JCh-2022" va "Osiyo kubogi-2023" qo‘shma saralash bosqichi tayyorgarlik rejasidan o‘rin olgan ushbu yig‘in uchun murabbiylar shtabi kecha 29 futbolchidan iborat kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.
Mazkur yig‘in doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gana va Iroq vakillariga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
25 mart | O‘zbekiston – Gana
29 mart | O‘zbekiston - Iroq
Fikrlar